Braziliyada mamlakatning Evropada to`p surayotgan eng yaxshi o`yinchisiga topshiriladigan an`anaviy "Oltin samba" sovrining 2021 yilgi g`olibi e`lon qilindi.
Unga ko`ra, Sambafoot tomonidan topshiriladigan sovringa "PSJ" hujumchisi Neymar munosib topildi.
Ma`lumot uchun, Neymar o`z faoliyatida beshinchi marta ushbu sovrinni qo`lga kiritdi. U avvalroq 2014, 2015, 2017 va 2020 yillarda ham "Oltin samba"ni qo`lga kiritgan.






