AsosiySport

"Barselona" Evropa ligasi uchun qaydnomasini e`lon qildi. Ro`yxatdan kim tushib qoldi?

'"Barselona" Evropa ligasi uchun qaydnomasini e`lon qildi. Ro`yxatdan kim tushib qoldi?'ning rasmi

Kataloniyaning "Barselona" klubi Evropa ligasi pley-off o`tish o`yinlari oldidan turnir uchun qaydnomasini e`lon qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, murabbiylar shtabi tarkibga jamoaning tajribali himoyachisi Dani Alvesni kiritmagan. Yaqinda jamoaga qo`shilgan Ferran Torres, Adama Traore va Per-Emerik Obameyang esa qaydnomadan o`rin olgan. s, Axomash, Astralaga, Xandro Orelyana.

Ma`lumot uchun, "Barselona" Evropa ligasi pley-off o`tish bahsida "Napoli"ga qarshi maydonga tushadi. Dastlabki uchrashuv 17 fevral kuni Kataloniyada, javob bahsi esa 24 fevral kuni Italiyada bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar