Toshkentning "Lokomotiv" klubi hujumkor yarim himoyachisi Azizbek Amonov faoliyatini Eronning "Istiqlol" jamoasidadavom ettiradi. Bu haqda "temiryo`lchilar" rasmiy sayti xabar berdi.
Unga ko`ra, Amonov Eronning 8 karra chempioni, ayni damda mamlakat chempionatida peshqadamlik qilayotgan "Istiqlol" jamoasida davom ettiradi.
Azizbek Amonovning "Lokomotiv"dagi statistikasi:
2017-yil. 11 o`yin 1 gol
2018-yil. 13 o`yin 1 gol
2019-yil. 8 o`yin 1 gol
2020-yil. 13 o`yin 1 gol
2021-yil. 26 o`yin 8 gol






