1

O`zbekistonda etishtiriladigan gilosni xush ko`ruvchi davlatlar ro`yxati e`lon qilindi

Iqtisodiyot 10.02.2022, 16:25
O`zbekistonda etishtiriladigan gilosni xush ko`ruvchi davlatlar ro`yxati e`lon qilindi

 Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekiston 2021 yilda 18 ta davlatga qiymati 84,8 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 60,8 ming tonna gilos eksport qilgan.  

 Bu 2020 yil bilan solishtirilganda 29,5 ming tonnaga oshgan.  

2021 yilda O`zbekiston eng ko`p gilos eksport qilgan davlatlar:

—  Qozog`iston – 27,5 ming tonna

—   Rossiya – 24,7 ming tonna

—   Qirg`iz R. – 6,8 ming tonna

—   Ukraina – 725 tonna

—   Belarus – 593 tonna

—   Koreya – 208 tonna

—   Polsha – 98 tonna

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1