AsosiyBu qiziq

Hindistondagi 21 metrli Messi haykali buzib tashlanadi

Haykal kuchli shamol paytida tebranib ketgani uchun xavfli deb topilgan.

'Hindistondagi 21 metrli Messi haykali buzib tashlanadi'ning rasmi

Hindistonning Kolkata shahrida o‘rnatilgan Lionel Messi haykali buzib tashlanishi mumkin. ESPN xabariga ko‘ra, 21 metrli haykal kuchli shamol paytida tebranib ketgani uchun xavfli deb topilgan.

Mahalliy aholi yodgorlik mustahkam emasligi haqida shikoyat qilgan. Hind deputati so‘zlariga ko‘ra, haykal shamol ta’sirida qattiq chayqalgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, Messi haykali o‘tgan yil dekabrida atigi 27 kunda qurilgan va futbolchining Hindistonga tashrifi vaqtida “Inter Mayami” o‘yinchilari bilan birga ochilgan.

Hozir mahalliy rasmiylar monumentni boshqa joyga ko‘chirish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

    Boshqa yangiliklar