1

O`zbekistonning JSTga qo`shilishi muhokama qilindi

Iqtisodiyot 16.02.2022, 08:07
O`zbekistonning JSTga qo`shilishi muhokama qilindi

Kecha, 15 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Jahon savdo tashkiloti (JST) Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan muzokara o`tkazdi. Mazkur muzokara videokonferensiya shaklida bo`lib o`tgan 

Suhbat chog`ida O`zbekistonning JSTga a`zo bo`lish jarayonining hozirgi holati, shuningdek, muzokaralarni faollashtirish yuzasidan tashkilot Kotibiyati bilan birgalikda ishlab chiqilgan “Yo`l xaritasi” muhokama qilingan. Bu haqda vazirlik ma`lum qildi.

"O`zbekistonning JSTga a`zo bo`lishi bo`yicha Ishchi guruhining bo`lajak 5-yig`ilishiga tayyorgarlik ko`rish muzokaralarning asosiy mavzusi bo`ldi",-deya ma`lum qilinadi.

Qayd etilishicha, O`zbekiston tomonidan JST Kotibiyatiga mazkur yig`ilishni o`tkazish uchun taqdim qilingan yangi hujjatlar ustida ishlash jarayoni, shuningdek, mazmunga doir va tashkiliy xarakterdagi boshqa masalalar ko`rib chiqilgan.

JST rahbariyati tashkilotga a`zo bo`lish jarayonida O`zbekistonni har tomonlama qo`llab-quvvatlash va yuzaga kelayotgan muammolarni zudlik bilan hal etish uchun ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirishga sodiqligini bildirgan.

Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama etilgan masalalarni hal qilinishini tezlashtirish maqsadida yaqin va muntazam muloqotni davom ettirishga kelishib olishgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1