“UzAuto Motors” da yangi avtomobillar uchun shartnoma tuzish boshlanganligi haqidagi xabar e`lon qilingandan so`ng, bir necha soat ichida 13 203 ta avtomobilga shartnoma tuzildi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.
Chevrolet Lacetti avtomobili uchun 6.300 ta va Chevrolet Cobalt modeli uchun 4 700 ta shartnoma tuzilgan. Ushbu avtomobil modellari xaridorlar orasida eng ommabop modellar bo`ldi.
“Chevrolet Traverse” va “Tahoe” avtomobillarini xarid qilish uchun arizalar qabul qilish boshlanganidan so`ng, dastlabki 20 daqiqada kompaniyaga 200 dan ortiq buyurtmalar kelib tushgan. Ushbu avtomobillarga ariza qabul qilishning ilk kuni natijalariga ko`ra, 320 dan ortiq buyurtmalar olingan.
Eslatib o`tamiz, 3 mart kuni “UzAuto Motors” avtomobillari uchun shartnoma tuzish boshlangandi. Shuningdek, kompaniya oldinda to`lov miqdorini 85% dan 50 % ga tushirdi.






