AsosiyReklama

SO`RAGAN EDINGIZ: ERIMNING PLASTIGIDAN FOYDALANA OLMAYMANMI ?

Avtomaktabda o`qish uchun to`lovni turmush o`rtog`imning plastik kartochkasidan to`lamoqchi edim, ammo bankdagilar buning uchun ikkalamizning ham pasportimiz nusxasi va nikoh qog`ozimizdan nusxa kerakligini aytdi. Shu to`g`rimi?
F.Oripova, Tokent shahri
 M.Eshmatov, Markaziy bank rais o`rinbosari:
—“Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni O`zbekiston Respublikasida muomalada bo`lishi tartibi to`g`risida”gi Nizomning 3-bandiga asosan bank plastik karta egasi bo`lmagan shaxs, karta egasining ruxsatisiz undan foydalanishi mumkin emas.
Mazkur Nizomga kiritilgan o`zgartirishlarga muvofiq, tovarlar, ish va xizmat uchun plastik kartochkalar orqali to`lovlarni qabul qilayotgan xo`jalik yurituvchi sub`ektlar tomonidan plastik kartochka egasidan uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat talab qilinmaydi. 
Shuningdek, Nizomning 31 va 46 bandlariga muvofiq, banklar jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari orqali amalga oshirilayotgan hisob-kitoblar jarayonida “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo`yicha ichki nazorat” Qoidalari talablari asosida karta egasidan uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat talab qilinishi belgilab qo`yilgan, biroq kommunal va aloqa xizmati, byudjet va byudjetdan tashqari to`lovlar hamda boshqa majburiy to`lovlar bundan mustasno.
 TALABALAR UChUN ALMAShINUV DASTURI BORMI?
O`zbekiston talabalari qaysi davlatlarga almashinuv dasturi asosida yuboriladi? Mazkur dastur haqida qaerdan to`liq ma`lumot olish mumkin?
Anvar Jalilov, Navoiy shahri
Bu savolga Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri o`rinbosari B.Usmonov “Darakchi” gazetasining 16-iyunda sotuvga chiqadigan sonida javob beradi...

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar