AsosiyReklama

Saylovchilar Xatamjon Ketmonovning saylovoldi dasturi haqida o`z fikr-mulohazalarini ochiq bayon etishmoqda

Shu kunlarda mamlakatimizda muhim ijtimoiy-siyosiy voqea — O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo`yicha saylovoldi tashviqoti qizg`in davom etmoqda. Barcha hududlarda O`zbekiston XDPdan Prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonov va uning ishonchli vakillari tomonidan  saylovchilar bilan uchrashuvlar yuqori saviyada o`tkazilmoqda.

Jumladan, bugungi kunga qadar Xatamjon Ketmonov yurtimiz bo`ylab 11 marta uchrashuv o`tkazdi. Ularda 30 mingga yaqin saylovchi ishtirok etdi. Nomzodning ishonchli vakillari tomonidan esa 30dan ortiq uchrashuv tashkil qilinib, ularda 5 mingga yaqin saylovchi qamrab olindi. O`tkazilayotgan uchrashuvlar Markaziy Kengash Saylov Shtabi tomonidan muntazam tahlil qilib borilmoqda. Mazkur tahlilda mintaqalarda bo`lib o`tgan uchrashuvdagi ma`ruzalarning saylovchilar tomonidan eng ko`p muhokama qilinayotgan qismlari umumlashtirib borilmoqda.
Saylovchilar o`tkazilayotgan saylovoldi uchrashuvlarida nomzod saylovoldi dasturida belgilangan  barcha yo`nalishlarga alohida e`tibor qaratmoqdalar. Jumladan, Jizzax viloyatida bo`lib o`tgan uchrashuvda ishtirok etgan Jizzax shahar 2-oilaviy poliklinikasi mudiri Qarshigul Haydarova o`z ma`ruzasida nomzod Xatamjon Abdurahmonovich Ketmonovning saylovoldi dasturi bilan yaqindan tanishib, unda qator dolzarb vazifalar bilan birgalikda, sog`liqni saqlash tizimini takomillashtirish va aholiga tibbiy xizmat ko`rsatish sifatini oshirish masalalari ham alohida o`rin berilganligini alohida tilga olgan.

  • -    Men, shifokor sifatida, avvalo, nomzod dasturida ilgari surilayotgan aholiga yuqori sifatli va maqbul tibbiy yordamdan keng foydalanish imkoniyatini ta`minlash masalasi, ayniqsa, aholining, olis qishloq hududlarida birlamchi tibbiy yordamdan qulay va tez foydalanish imkoniyatini ta`minlovchi qishloq vrachlik punktlari tarmog`ini kengaytirish, imtiyozli va bepul asosda malakali tibbiy-sanitariya yordami ko`rsatilishini tartibga soluvchi tegishli qonun hujjatlarining ijrosi ustidan nazorat samaradorligini oshirish  borasidagi takliflarni juda o`rinli deb bilaman, - deydi Qarshigul Haydarova

Qoraqalpog`iston Respublikasida bo`lib o`tgan saylovoldi uchrashuvida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti magistranti, Prezident stipendiyasi sohibi Guljaxan Seytnazarova nomzodimiz Xatamjon Ketmonov saylovoldi dasturidagi aholiga yuqori sifatli ta`lim olish va maqbul tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalasi yoshlarga qaratilgan alohida e`tibor namunasi ekanligini ta`kidladi va nomzod dasturida ko`rsatilgan bu yo`nalishdagi takliflar bugungi kunda ahamiyatga ega bo`lganligi sababli, saylovoldi dasturini qullab-quvvatlab, saylovchilarni partiyadan ko`rsatilgan nomzod Xatamjon Ketmonovga ovoz berishga chaqirdi.
Samarqand viloyati Payariq tumanidagi M.Ulug`bek mahalla fuqarolar yig`ini raisi Bozorboy Xidirov dasturda ilgari surilgan “Kam ta`minlanganlarning ijtimoiy-himoyasi uchun kurashamiz” shiori ostida ilgari surilgan g`oyalarni qo`llab-quvvatladi. Ayniqsa, dasturdagi “Keksalarimiz uchun munosib pensiya ta`minoti!”, “Biz keksalarimizning farovon hayoti uchun mas`ulmiz” shiorlari mamlakatimiz ravnaqi, ozod va obod Vatan qoldirish borasidagi ishlarga o`z hissasini qo`shgan keksa avlod uchun hurmat va ehtiromdan darak ekanligini alohida e`tirof etdi.
Olmaliq shahar Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori, Toshkent viloyat kengashi deputati Qosimova Qizilgul Ermatovna nomzod bilan saylovoldi dasturida so`zga chiqar ekan, o`z ma`ruzasida saylovoldi dasturida bozor iqtisodiyoti ijtimoiy yo`naltirilgan va eng avvalo, jamiyat manfaatlariga qaratilgan bo`lishi kerakligi xususida to`xtalib, band bo`lmagan aholi bandligini ta`minlash, sanoat, ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishga ko`maklashish, kommunal xizmatlar ko`rsatishning samarasini yanada oshirish, ta`lim va sog`likni saqlash sohalarini yanada takomillashtirish hamda yana bir qator dolzarb vazifalar dasturda aniq belgilab qo`yilgani e`tiborga molik jihat ekanligi ta`kidladi.
Farg`ona viloyati saylovoldi uchrashuvi qatnashchisi Xalq deputatlari Farg`ona viloyat Kengashi deputati, Rishton tumani “Miskin” mahalla fuqarolar yig`ini raisi Diloromxon Nazirova Dasturda milliy manfaatlarga sodiqlik, mamlakat mustaqilligini asrash va mustahkamlash, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligini ta`minlash, fuqarolararo va millatlararo hamjihatlik, ijtimoiy barqarorlikni saqlash, O`zbekistonni rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga qo`shilish, jahon hamjamiyatida munosib o`rin egallashga qaratilgan qator ezgu maqsadlar o`rin olganligini qo`llab-quvvatladi. 
Nomzodning joylarda o`tayotgan uchrashuvlarida saylovchilar shuningdek, nomzod dasturida ilgari surilayotgan bir qator masalalar jumladan, qishloq joylarida  munosib ish haqi to`lanadigan barqaror ish o`rinlarini taklif etayotgan, birinchi navbatda, o`zimizda mavjud boy xomashyo resurslari va qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni ta`minlovchi yuqori texnologik tarmoq korxonalari, xizmat ko`rsatish va servis sohasida faoliyat yuritadigan kichik korxonalarni tashkil etish orqali mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta`minlashni yanada faollashtirish, odamlarni tashvishga solayotgan muammolarini o`rganish va ularni hal etishda amaliy yordam ko`rsatish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, bu borada yangi loyihalar, tashabbuslar bilan chiqishga qaratilgan maqsadlar hunarmand va tadbirkor xalqimiz uchun ayni muddao ekanligini alohida ta`kidladilar va nomzodni qo`llab-quvvatladilar. 
Har bir siyosiy partiyadan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko`rsatilgan nomzodlarning saylovoldi tashviqotlari avji pallasiga chiqqan ushbu kunlarda saylovchilar tomonidan  nomzodlarning saylovoldi dasturi bilan yaqindan tanishish va unga o`z munosabatini bildirish va shu orqali o`z fuqarolik pozisiyasini namoyon etish jarayoni ham qizg`in tusga kirdi. Yuqorida berilgan fikrlar va munosabatlar ana shu faol jarayondan bir misol, xolos. Fikrlar, mulohazalar, munosabatlar davom etmoqda.

O`zbekiston XDP MK  Matbuot xizmati

Maqola shartnoma asosida chop etilmoqda

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar