Turkiyada "Mendirman Jaloliddin" serialining ikkinchi faslini suratga olish boshlandi

Madaniyat 16.05.2022, 12:17
Turkiyada "Mendirman Jaloliddin" serialining ikkinchi faslini suratga olish boshlandi

Xabaringiz bor, O`zbekiston-Turkiya kinoijodkorali tomonidan "Mendirman Jaloliddin" nomli tarixiy serial suratga olingan. 2020 yilning 4 okyatb kuni Toshkentda serialning taqdimoti bo`lib o`tgan edi. 

Serialining birinchi fasli 13 qismdan iborat bo`lib, o`zbekistonliklar uchun 2021 yilda teleekran orqali namoyish etilgan. 

Ayni paytda Turkiyada "Mendirman Jaloliddin"ning ikkinchi faslini suratga olish ishlari boshlanmoqda. Bu haqda serilda bosh qahramon — Chingizxon obrazini ijro etgan mahoratli aktyor Javohir Zokirov ma`lum qildi. Aktyorga ko`ra, ayni paytda o`zbek kinoijodkorlaridan iborat guruh Turkiyaning Istanbul shahriga etib borgan va dam olish kuni munoabati bilan ular shaharni sayr qilishgan. 

Hozirda, ikkinchi faslda aktyorlar yaratayotgan obrazlar bo`yicha ma`lumotlar yo`q. Javohir Zokirov yaqin kunlarda serialning suratga olish maydonlaridan videolavhalar taqdim etishini aytmoqda.

Ma`lumot uchun: mazkur serial Turkiyaning “Bozdag film” kompaniyasi tomonidan suratga olingan bo`lib, s`yomka uchun Turkiyadagi 30 gektar maydonda O`zbekistonning XIII asrga oid muhiti jonlantirilgan. O`tgan yil boshida "darakchi.uz" mazkur s`yomka maydonida bo`lib qaytgan edi. U erda 1200 nafar ishchi-xizmatchining mehnati bilan 3500 kv/m maydonda balandligi 5,5 metr bo`lgan ikki qavatli Xorazmshoh saroyi qurilgan. 200 dan ortiq liboschilar o`zbek va turk rassomlari eskizlari asosida minglab tarixiy kostyumlarni tikib, tayyorlashgan. Istanbuldan 750 km masofadagi Oqsaroy muzofotida sahro jang sahnalari suratga olingan.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1