AsosiyIqtisodiyot

Iste`molchilarga yil boshidan buyon 115,9 mlrd so`m keshbek to`lab berildi

'Iste`molchilarga yil boshidan buyon 115,9 mlrd so`m keshbek to`lab berildi'ning rasmi

Iste`molchilarga yil boshidan to`langan keshbek 115,9 mlrd so`mga etdi. Bu haqda Davlat soliq qo`mitasi xabar qilmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, aprel oyida iste`molchilar tomonidan 61,4 mlrd so`m keshbek yig`ilgani va shundan 38,6 mlrd so`mi to`lab berilgan edi.

Bugun aprel oyi uchun iste`molchilarga yana 3,7 mlrd so`m keshbek to`lab berildi va mazkur oy uchun to`langan keshbek 42,3 mlrd so`mga etdi.

Shuningdek bugun:

-Yanvar oyi uchun194,4 mln so`m;

-Fevral oyi uchun 234,1 mln so`m;

-Mart oyi uchun 588,4  mln so`m keshbek to`landi.

Yil boshidan to`langan jami summa 115,9 mlrd so`mga etdi

Tadbirkorlik subektlari tomonidan:  

-soliq hisobotlari topshirilishi;  

-hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi;

-soliq qarzdorligi kamaytirilishi  

inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda to`lab boriladi.

    Boshqa yangiliklar