AsosiySUG'DIYONA
20773

Xiyonatkorlar qaysi mamlakatda qanday jazolanadi?

Shunday mamlakatlar borki, er-xotinning bir-biriga qilgan xiyonati jinoyat hisoblanib, ular qattiq jazolanadi. Quyida “Interesno.cc” nashri sizni ular bilan tanishtiradi.

Shveysariya
Evropaning eng ajoyib mamlakatlaridan bo`lmish Shvesariyada xiyonat qilgan odam uch yilgacha boshqa odam bilan nikohdan o`ta olmaydi. 
 
Turkiya
Bu mamlakatda xiyonat o`g`irlikdan ham yomon jinoyat hisoblanadi. 1996 yildan beri Turkiyada jinsidan qat`i nazar xiyonat qilgan odamga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, besh yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi
 
Eron
Bu erda xiyonat qilgan ayolni sud qilib o`tirmasdan o`ldirib yuborishadi. Eng yomoni buni ayolning eri yoki erkak qarindoshlari amalga oshiradi. Ammo erkak xiyonat qiladigan bo`lsa, jamoatchilik tanbeh bilan kifoyalanadi.

Indoneziya
Bu erning qonunlari Turkiyaning qonunidan ham o`tib tushadi. Mamlakat qonuniga binoan xiyonat qilgan odam 15 yildan kam bo`lmagan muddatga qamaladi.
 
Papua — Yangi Gvineya
Bu ekzotik mamlakatda nafaqat xiyonat qilganlar, balki xiyonat ko`chasiga boshlaganlar ham jazoga tortiladi. Xiyonat qilgan ayolning eri rafiqasining boshini tanasidan judo qilishga majbur, rafiqasi bilan birga bo`lgan erkakdan esa ayolning bosh barmog`ini eyish talab qilinadi.
 
Xitoy
Xitoyda xiyonat qonun doirasidagi jinoyat hisoblanadi. Xiyonat qilgan odam 2 yilga qamaladi va mol-mulkining yarmi davlat foydasiga musodara qilinadi.

Vetnam
Topqir vetnamliklar xiyonatni pul keltiruvchi manba deb hisoblab, xiyonat qilgan odamdan 45-145$ jarima undirishadi. Bu mamlakatda cho`ntaging ko`tarsa, istagancha xiyonat qilishing mumkin, barcha jarima rasman, qonun doirasida to`lanadi!

Boshqa yangiliklar