Videoda Saida Mirziyoyeva har bir xorijiy taşrif ortida katta tayyorgarlik va maşaqqatli mehnat turişini ta’kidlagan. Uning aytişiça, xorijiy davlat rahbarlari, prezidentlar, qirollar va amirlar bilan uçraşuvlarga puxta tayyorgarlik köriş, ular bilan muloqot qiliş yöllarini topiş talab etiladi.
Har bitta taşrifdan oldin men hamma narsani örganişim şart. Faqat maşaqqatli mehnat, nimani qilişim kerak, qanday erişişimiz kerak — şu haqda öylayman. Masalalar köp, mas’uliyat katta, — deydi u.
Suhbat davomida Saida Mirziyoyeva doimo özi bilan olib yuradigan qizil bloknot haqida ham gapirgan. Uning ta’kidlaşiça, bloknotda qayd etilgan har bir fikr va vazifa keyinçalik hal qilinişi kerak bölgan masalani anglatadi.
Menga bu işlaş uçun signal. Biror fikrni qayd etdimmi, demak, uni albatta keyin hal qilişim kerak, — deydi Administratsiya rahbari.
U videoda davlat va jamiyat oldidagi vazifalar haqida ham fikr bildirgan. Xalqning farovonligi uning asosiy maqsadi ekanini ta’kidlagan.
Xalqimiz baxtliroq bölsa, biz ham öşa kuni baxtli bölamiz. Xalqimiz boyroq bölsa, biz ham xursand bölamiz. Çunki rahbarimizning niyatlarini bilasiz, faqat xalq, xalq, xalq, — deydi Saida Mirziyoyeva.
Videoda uning Turkiyaga taşrifi, Prezident Rejep Tayyip Erdoğan bilan uçraşuvi va turk biznes vakillari bilan hamkorlik masalalariga oid lavhalar ham örin olgan. Şuningdek, ta’lim muassasalariga taşrif, hududlardagi muammolar, maktablar infratuzilmasi va investitsiya loyihalari muhokamasi aks etgan.
Xususan, u energetika sohasidagi investorlar bilan işlaş, loyihalarni amalga oşirişdagi tösiqlarni bartaraf etiş va mas’uliyatni his qiliş muhimligini qayd etgan. Eslatib ötamiz, 2026 yil 16 oktyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Saida Mirziyoyeva yoqilği-energetika sohasidagi Investorlar kengaşiga rahbarlik qilişini ma’lum qilgan edi.
Bundan taşqari, videoda Saida Mirziyoyevaning kundalik hayoti, sport bilan şuğullanişi, yoga maşğulotlari va oilasi bilan munosabatlari ham körsatilgan.
Men juda kuçli ayolman, hamma narsani uddalayman, lekin oson emas, — deydi u.
Suhbatning oilaga bağişlangan qismida esa farzandlar tarbiyasi, ularga vaqt ajratiş va yaqinlari bilan birga böliş muhimligini ta’kidlagan.
Eng muhim qadriyat — oila men uçun, — deya qayd etgan Saida Mirziyoyeva.






