AsosiyJamiyat

Toshkentda yoshi kichik bolaga qilingan “uqalash muolajasi” nafaqat tibbiyot, balki insoniylik tuyg`ulariga ham yotdir — Sog`liqni saqlash vaziri

'Toshkentda yoshi kichik bolaga qilingan “uqalash muolajasi” nafaqat tibbiyot, balki insoniylik tuyg`ulariga ham yotdir — Sog`liqni saqlash vaziri'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vaziri Behzod Musaev ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “uqalash muolajasi” bilan bog`liq videolavhaga munosabat bildirdi. 

 

“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “uqalash muolajasi” bilan bog`liq videolavha barchamizda e`tiroz va nafrat uyg`otdi. Chunki ushbu xatti-harakatlar nafaqat tibbiyot, balki insoniylik tuyg`ulariga ham yotdir. Vazirlikning bu kabi holatlarga nisbatan pozisiyasi aniq va qat`iy: biz inson hayoti va salomatligiga xavf soladigan, qadr-qimmati va sha`nini toptovchi har qanday xatti-harakatga murosasiz munosabatdamiz.  

Shuning uchun ham mazkur masala yuzasidan o`rganish natijalari va xulosalarimizni, xususan, uqalash muolajasini bajargan shaxsning tegishli ruxsatnoma, sertifikat, ijara shartnomasi, fizioterapiya yo`nalishida diplom va malaka toifasiga ega  bo`lmay faoliyat yuritganiga doir faktlarni huquq-tartibot idoralariga taqdim etamiz. Ishonamizki, tez orada ushbu holat o`z huquqiy bahosini oladi", - dedi Musaev. 

Shu o`rinda vazir ota-onalarga ham alohida murojaat qildi:

"Shu o`rinda, ota-onalardan tegishli lisenziya, ruxsatnoma va malakaga ega bo`lmagan kimsalarga farzandlarining taqdiri va salomatligini ishonib topshirmasliklarini, agar bunday noqonuniy xatti-harakatlarga duch kelsa, darhol vazirlikning 71-241-10-67 yoki 71-241-82-40 telefon raqamlariga murojaat qilishlarini so`raymiz”, - deyiladi vazir munosabatida.   

 

Boshqa yangiliklar