Ijtimoiy tarmoqlarda “Taqiqlangan joyda cho`milgan bolalarni qutqaramiz deb qutqaruvchilarni o`zi cho`kib ketdi” sarlavhasi ostida xabarlar tarqalmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan ushbu hodisa o`rganildi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Aniqlanishicha, holat O`zbekiston Respublikasi hududida sodir bo`lmagan.
Shu o`rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan daryolar, ariqlar, kanallar, anhorlar va boshqa cho`milish taqiqlangan suv havzalarida cho`milmaslikni so`rab qoladi.