1

“O`zbekneftgaz”: Import qilinadigan uglevodorod xom ashyolarini etkazib beruvchilari orasida tanlov o`tkazilmoqda

Iqtisodiyot 17.08.2022, 17:23
“O`zbekneftgaz”: Import qilinadigan uglevodorod xom ashyolarini etkazib beruvchilari orasida tanlov o`tkazilmoqda

Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 2022 yil oxirigacha import qilinadigan uglevodorod xom ashyosini sotib olish uchun etkazib beruvchi kompaniyalar orasida tanlov o`tkazilishini e`lon qiladi.

Xususan, joriy yil yakuniga qadar zavod ehtiyojlari uchun import qilinadigan uglevodorod xom ashyosining miqdori quyidagilarni tashkil etadi:

• 20 ming tonn gazoyl;
• 20 ming tonn neft;
• 20 ming tonn gaz kondensati.

Etkazib berish joyi: O`zbekiston Respubliki, Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumani, Mustaqillik ko`chasi 1-uy: Buxoro neftni qayta ishlash zavodi.

Tanlovning o`tkazilish muddati

• Hujjat topshirishning boshlanish muddati – 2022 yil 11 avgust.

• Hujjat topshirishning so`nggi muddati – 2022 yil 30 avgust.

Tanlov tashabbuskori bilan aloqalar:

Mas`ul shaxs: Nazirov Sulaymon
Tel.: +998 65 365-42-50
Qo`shimcha telefon raqamlar: +998 65 364-13-44; +998 91 311-16-61;
Elektron pochta manzili: otdel_tolling@bnpz.uz va info@bnpz.uz

Sizni Buxoro neftni qayta ishlash zavodining ehtiyojlari uchun import qilinadigan uglevodorod xom ashyosini xarid qilish bo`yicha o`tkazilayotgan tanlovda faol ishtirok etishingizga umid qilamiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1