Qarshi shahrida mashina piyodani urib ketdi.
Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati ma`lumot berdi.
Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 19 avgust kuni soat taxminan 16:30 larda fuqaro A.D. o`zining boshqaruvida bo`lgan "Nexia-3” rusumli avtomashinasida Qarshi shahar, I.Karimov ko`chasi bo`ylab harakatlanib kelib, yo`lning piyodalar o`tish yo`lagidan, ya`ni yo`lning chap tomonidan o`ng tomoniga kesib o`tayotgan fuqaro T.M.ni avtomashinani old tomoni bilan urib yuborib, yo`l-transport hodisasi sodir etgan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB 2-sonli IIB huzuridagi TB surishtiruvchisi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.