Buxoroda hokimlikning tashkiliy kadrlar guruhi rahbari tadbirkorni bank oldida qarzdor qilib qo`yib, kredit mablag`ini o`zlashtirgani aniqlandi

Jamiyat 06.09.2022, 11:37
Teglar: Buxoro, Departament
Buxoroda hokimlikning tashkiliy kadrlar guruhi rahbari tadbirkorni bank oldida qarzdor qilib qo`yib, kredit mablag`ini o`zlashtirgani aniqlandi

Qorovulbozor tumanida tadbirkorni qarzdor qilib qo`ygan guruh rahbari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, Departamentning Qorovulbozor tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman hokimligining tashkiliy kadrlar guruhi rahbari U.P. va boshqalar “U.E.” MChJ rahbari N.ning ishonchiga kirib, uning nomidan hujjatlarni soxtalashtirish orqali bank filialidan 290 mln so`m kredit ajratilishiga erishib, tadbirkor N. hamda fuqaro M.ni bank oldida qarzdor qilib qo`yib, kredit mablag`ini firibgarlik yo`li bilan o`zlashtirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Buxoroda arab tilini o`rgatish bahonasida 40 nafarga yaqin odamga noqonuniy diniy ta`lim berib kelayotganligi aniqlandi

04.02.2023, 13:13

Buxoroda moddiy manfaat orttirish maqsadida tashkil etilgan markazlarda noqonuniy diniy ta`lim olish holati aniqlandi, deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati. Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 31...
Buxoroda katta tezlikda kelayotgan Nexia bir guruh o`quvchilarni urib ketdi. Bir bola mashina tagida qolgan (video)

24.11.2022, 10:34

Buxoroda ayanchli YTH sodir bo`ldi. Bu haqda YHXX xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, kecha, 23 noyabr kuni soat 16:30 larda Buxoro viloyati, Qorako`l tumani hududidan o`tuvchi 4R-76...
Buxoroda 29 yoshli yigit onasini pichoqlab o`ldirdi

03.10.2022, 15:55

Buxoroda o`g`il o`z onasining qotiliga aylandi. Bosh prokuratura matbuot xizmati "darakchi.uz"ga ushbu mudhish jinoyat tafsilotlarini ma`lum qildi. Aniqlanishicha, 2022 yil 28 sentyabr kuni soat 19:43 larda G`ijduvon...
Buxorodagi qamishzorlarda yong`in sodir bo`ldi, 100dan ortiq qutqaruv xodimlari jalb etilgan

26.08.2022, 08:40

Buxoro viloyatidagi qamishzorlarda yong`in yuzaga keldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi. Ma`lum qilinishicha, Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismiga Buxoro viloyati Peshku tumanidagi...