AsosiyDunyo

Sadir Japarov jonli efirda ko`z yosh to`kdi (video)

'Sadir Japarov jonli efirda ko`z yosh to`kdi (video)'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, bugun, 19 sentyabr kuni Qirg`iziston prezidenti Sadir Japarov jonli efirda mamlakat aholisiga murojaat qilmoqda.

Sadir Japarov onalarga qirg`iz zaminini o`z jonimdek sevadigan yigitlarni tarbiyalagani uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda "Sputnik Qirg`iziston" yozmoqda. 

“Siz haqiqatdan ham qahramonlar tug`ib, tarbiya qildingiz, sizga ta`zim qilaman”, - dedi va ko`z yoshlarini to`kdi.

"Ularning qahramonligi unutilmaydi", - dedi Prezident va hamdardlik bildirdi.

Sadir Japarov Botkenga borish istagida bo`lgan qirg`iz xalqiga murojaat qildi. Qirg`izistonning harbiy salohiyati avvalgidek emasligini ta`kidlab, ularni tinchlanishga chaqirdi: 

"Armiya har tomonlama qudratli bo`lib bormoqda", - dedi u. 

Eslatib o`tamiz, ayni paytda qirg`iz-tojik chegarsida vaziyat tarang bo`lib turibdi. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, qurolli to`qnashuvlarda Qirg`izistondan 59 kishi, Tojikistondan esa 60 dan ortiq odam halok bo`lgan. 

Qirg`izistonda bugun, 19 sentyabr —  milliy motam kuni deb e`lon qilingan. Tojikistonda esa ertaga, 20 sentyabr kunini motam kuni deb e`lon qilinishi kutilmoqda.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar