1

“O`zbekneftgaz”: “Uzbekistan GTL” zavodi nufuzli “S&P Global Energy Awards” mukofotining nomzodlar ro`yxatiga kiritildi

Iqtisodiyot 03.10.2022, 15:44
“O`zbekneftgaz”: “Uzbekistan GTL” zavodi nufuzli “S&P Global Energy Awards” mukofotining nomzodlar ro`yxatiga kiritildi

“O`zbekneftgaz”AJning “Uzbekistan GTL” zavodi dunyo neft-gaz va kimyo sanoati sohasidagi eng nufuzli mukofoti, jahon energetika sanoatining “Oskar” mukofoti sifatida e`tirof etilgan “2022 Platts Global Energy Awards” – AQShning “S&P Global” nufuzli hakamlar hay`ati tomonidan “Uglevodorodlarni qayta ishlash sohasi va kimyo sanoatidagi ulkan yutuqlari uchun” nominasiyasida dunyoning etakchi korxonalari qatorida nomzod sifatida tanlandi.

– “Uzbekistan GTL” zavodimizning ushbu mukofot uchun nomzod etib tanlangani “O`zbekneftgaz” AJ jamoasi uchun katta sharafdir. Bu erishgan yutuqlarimizning yana bir tasdig`i, va korxonamizning ishchi-xodimlari hamda hamkorlarimiz ushbu e`tirofga erishish uchun juda ko`p mehnat qilgan, barchaning sa`y-harakatlariga berilgan munosib bahodir” , – deydi “O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev.

Ushbu nominasiyada g`oliblik uchun O`zbekistondagi “Uzbekistan GTL” zavodi bilan bir qatorda Xitoydagi “China Gas Holdings”, Lyuksemburgdagi “Clariter”, Hindistondagi “Hindustan Petrolium Corporation” va “Indian Oil Corporation”, AQShdagi “Kiewit”, “United Energy Trading”, “Valero Energy Corporation” kabi dunyoning etakchi korxonalari ham nomzod sifatida kiritilgan.

– Dunyo miqyosida neft-gaz va energetika sohasidagi eng nufuzli mukofot uchun final bosqichi ishtirokchisi etib tanlanganimiz juda faxrlidir. Barchamiz ushbu nominasiyaning g`olibi sifatida e`lon qilinishini intiqlik bilan kutmoqdamiz. Albatta bu “Uzbekistan GTL” jamoasi uchun iftixor baxsh etadi. Qisqa muddat ichida barchaning diqqat e`tiborini o`ziga tortishga muvaffaq bo`lgan tariximizning yana bir muhim bosqichidir. Ushbu mukofotga erishish loyihada ishlagan jamoasi uchun katta ahamiyatga ega”, – deydi “Uzbekistan GTL” zavodining Bosh direktori Faxritdin Abdurasulov.

Mukofot g`oliblari “S&P Global” tomonidan joriy yilning 8 dekabr kuni AQShning Nyu-York shahrida o`tkaziladigan taqdirlash marosimida e`lon qilinadi.

Eslatib o`tamiz, joriy yilning avgust oyida “Uzbekistan GTL” zavodi loyihasi AQShning neft va gazni qayta ishlash sohasidagi etakchi bo`lgan “Hydrocarbon Processing” jurnalining “HP Awards” nufuzli mukofotining "Eng yaxshi gazni qayta ishlash texnologiyasi nominasiyasi"da kuchli uchlikka nomzod sifatida tanlangan edi.

Ma`lumot uchun: "Uzbekistan GTL" — "O`zbekneftgaz" AJ tarkibiga kiruvchi korxona bo`lib, dunyodagi eng yirik va eng ilg`or zavodlardan biridir. Loyiha O`zbekistonning tabiiy gazni chuqur qayta ishlash quvvatlarini sezilarli darajada kengaytirish va uglevodorod xomashyosi importini keskin qisqartirishga qaratilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1