1

“Qo‘qon etnosport chellenj—2022” respublika festivali o`tkaziladi

Sport 06.10.2022, 13:00
“Qo‘qon etnosport chellenj—2022” respublika festivali o`tkaziladi

Farg`ona viloyatining Qo`qon shahrida 11 oktyabr kuni ”Qo‘qon etnosport chellenj—2022“ respublika festivali bo`lib o`tadi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur festival O`zbekiston Prezidentining 2022 yil 29 iyuldagi «Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilmoqda.

Festival dasturidan bir-biridan qiziqarli milliy xalq o`yinlari hamda sirk tomoshalari o`rin olgan.

”Tadbir ishtirokchilar hamda mehmonlarga unutilmas taassurotlarni hadya etishi shubhasiz. Festivalga tashrif buyuring va takrorlanmas lahzalarga guvoh bo`ling”, — deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1