1

“O`zbekneftgaz”: “Ernst & Young” xalqaro auditorlik kompaniyasidan 2022 yil 1-yarim yillik uchun ijobiy auditorlik xulosasi olindi

Iqtisodiyot 31.10.2022, 15:29
“O`zbekneftgaz”: “Ernst & Young” xalqaro auditorlik kompaniyasidan 2022 yil 1-yarim yillik uchun ijobiy auditorlik xulosasi olindi

Mamlakatimizning yoqilg`i-energetika va gaz-kimyo sohasida etakchi hisoblangan “O`zbekneftgaz” AJ tomonidan Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) qo`llash yo`nalishida navbatdagi yutuqqa erishildi. MHXS asosida 2022 yilning 1-yarim yilligi uchun tuzilgan oraliq konsolidasiyalashgan moliyaviy hisobotiga joriy yilning 28 oktyabrida “Ernst & Young” xalqaro auditorlik kompaniyasidan navbatdagi ijobiy auditorlik sharhi (xulosasi) olindi.

“O`zbekneftgaz” AJning xodimlari tomonidan 2022 yilning 1-yarim yilligi uchun MHXS asosidagi konsolidasiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish ishlari joriy yilning iyun oyidan boshlangan edi. Jumladan, tizimga kiruvchi o`ttizdan ortiq sho``ba korxonalari va o`ndan ortiq qo`shma korxonalarning tegishli mutaxassislari bilan videokonferens aloqa vositasida MHXS asosida tuziladigan moliyaviy hisobot uchun kerakli bo`lgan transformasiya jadvallari, MHXS bo`yicha izohlarni tuzish moliyaviy hisobotlar moddalari bo`yicha yoyilma jadvallar va moliyaviy hisobot paketini tuzish proformalarni tayyorlash va to`ldirish tartiblari muhokama qilindi.

Mazkur hisobotni tuzishda “O`zbekneftgaz” AJ mutaxassislariga joriy yilning mart oyidan boshlab jahon fond bozorlarida foiz stavkalarining keskin ko`tarilib ketishi qiyinchilik tug`dirdi. Foiz stavkalarining keskin ko`tarilishi natijasida “O`zbekneftgaz” AJning yirik investisiya loyihalari bo`yicha moliyalashtirilgan kapital quyilmalar, ya`ni tugallanmagan qurilish ob`ektlari hamda foydalanishda bo`lgan asosiy vositalarning haqqoniy qiymati hisobot sanasida, ya`ni 2022 yil 30 iyun holatida iqtisodiy jihatdan qardsizlanishi bo`yicha test o`tkazish bo`ldi.

Dunyodagi nufuzli “KPMG” xalqaro baholovchi kompaniya xodimlari yordamida 30.06.2022 yil 30 iyun holatida “O`zbekneftgaz” AJ va uning sho``ba korxonalari, jumladan Sho`rtan gaz kimyo majmuasi va yaqinda ishga tushirilgan “Uzbekistan GTL” MChJ loyihasi bo`yicha asosiy vositalar va tugallanmagan qurilish ob`ektlari haqqoniy qiymatining iqtisodiy qadrsizlanishi testi muvaffaqiyatli o`tkazildi va “Ernst & Young” auditorlik kompaniyasi mutaxassislariga natijalari asoslab berildi.

Ma`lumki, “O`zbekneftgaz” AJ 2021 yilning 11 noyabrida respublikamizda ilk marotaba London xalqaro fond birjasida uzoq muddatli korporativ obligasiyalar (evrobondlar)ni muvaffaqiyatli joylashtirishga erishgan edi. MHXS asosida 2021 yil 1-yarim yillik uchun tayyorlangan konsolidasiyalashgan moliyaviy hisobotni auditdan o`tkazish chog`ida, moliyaviy hisobotda aks ettirilgan ko`rsatkichlar evrobondlarni joylashtirish bo`yicha Emissiya prospekti hamda boshqa xorijiy kreditorlar bilan tuzilgan shartnomalarda ko`rsatilgan moliyaviy kovenantlarga mos kelishi chuqur tahlil qilindi hamda ushbu barcha moliyaviy kovenantlarga rioya etilganligi auditdan o`tkazildi.

Har qanday xorijiy yirik investor, o`z mablag`larini konkret bir kompaniya qimmatbaho qog`ozlarini sotib olishga yo`naltirganda yoki uzoq muddatda kredit ko`rinishida investisiya qilgandan keyin albatta ushbu kompaniyaning moliyaviy holati, uning moliyaviy natijalari va uning pul oqimlari to`g`risidagi ishonchli va aniq ma`lumotga ega bo`ladi. Ushbu ma`lumot manbai bo`lib esa, o`z navbatida MHXS asosida tayyorlangan va jahon miqyosidagi “katta to`rtlik”ga kiruvchi auditorlik kompaniyasining ijobiy auditorlik xulosasiga ega bo`lgan moliyaviy hisobot sanaladi.

MHXS asosida 2022 yilning 1-yarim yilligi uchun konsolidasiyalashgan moliyaviy hisoboti uchun “Ernst & Young” xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan ijobiy auditorlik sharhi (xulosasi) mavjudligi “O`zbekneftgaz” AJ tomonidan keyingi yutuqlarga erishish, shu jumladan xalqaro fond bozorlarida o`z aksiyalarini birlmachi joylashtirishda (IPO jarayonida) va boshqa manbalardan xorijiy investisiyalarni jalb etishda muhim turtki bo`lib xizmat qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1