Toshkent metrosining «Er usti halqa yo`li» yo`nalishida poezdlar harakati vaqtincha soat 07:00 dan boshlanadigan bo`ldi.
Metropoliten ma`muriyatining ma`lum qilishicha, "Er usti halqa yo`li" yo`nalishida yangi metro bekatlarining qurilishi bilan bog`liq qurilish, ta`mirlash ishlari tungi belgilangan vaqt oralig`ida bajarilishi rejalangan. Shu munosobat bilan ushbu metro yo`nalishida poezdlar harakati belgilangan tartibda soat 05:00 dan emas, soat 07:10 dan yo`lga qo`yildi.
"Hozirda mavjud metro yo`nalishlarda poezdlar belgilangan jadval asosida harakatini davom ettirmoqda. Keltirilgan noqulaylik yuzasidan yo`lovchilardan uzr so`raymiz", — deyiladi xabarda.