1

Taqinchoqqa qarab, fe`lingizni aytamiz!

SUG'DIYONA 22.09.2016, 12:28
Teglar: Moda, Ayol, Go`zallik
Taqinchoqqa qarab, fe`lingizni aytamiz!

TABIIY TOShLAR

Fikrlashi keng, o`ziga ishongan va hamisha o`ylaganini amalga oshiradigan ayollarning tanlovi. Bu toifa xonimlar maqsadlari sari intilishdan cho`chimaydilar. Atrofdagilarning gap-so`zlariga ham parvo qilishmaydi. Ammo kezi kelganida asablarini jilovlashlari qiyin.

 

BEZAK IPLARI IShLATILGAN BO`LSA...

Braslet, zirak yoki bo`yinga taqiladigan taqinchoqlarning biser munchoqlari, turli bezak iplardan ishlanganlari juda ko`p. Bu turdagi taqinchoq ixlosmandlari atroflarida qulaylik bo`lishini istashadi. O`zlarini ortiqcha urintirishni yoqtirishmaydi. Sezgi qobiliyatlari kuchli. Birovga bildirmasalar-da, xafa bo`lishlari oson.

 

METALLDAN...

Ushbu turdagi taqinchoqlar bugun urfda. Agar siz ham metalldan ishlangan braslet yoki ziraklarni tanlasangiz, demak o`zingizni qandaydir himoyasizdek sezasiz. Rejangiz aniq, ammo uni amalga oshirishga nuqul ikkilanasiz. Dadil bo`ling! O`z fikringizni shakllantiring.

 

KATTA TOShLILARI

Agar bu turdagi taqinchoqni o`zini ko`z-ko`z qilishni yoqtiradigan xonimlar tanlaydi desangiz, adashasiz. Katta toshli uzun yoki brasletlar o`ziga ishongan va boshqalarning fikriga quloq tutmaydigan ayollar tanlovi.

 

KLASSIKA

Odatda bunday taqinchoqlar nafis va bejirim ishlangani, qolaversa, oddiyligi bilan ajralib turadi. Klassik uslubidagi zirak, uzuk yoki braslet sohibi did bilan kiyinadi, hayotda oddiylikni yoqtiradi. Bunday ayolning egnidagi bejirim ko`ylak, aslida, juda qimmat turishi mumkin, ammo u buni eng yaqin dugonasi ham bilmasligi mumkin.

 

NOODATIY USLUB...

Uzuk ko`ziga qo`nib turgan kapalak, braslet ipiga qadalgan yomg`ir tomchisi kabi usullar taqinchoqqa noodatiy ko`rinish beradi. Bunday taqinchoqlarni esa boshqalardan ajralib turishni istaydigan qiz-ayollar tanlashadi. Shuningdek, noodatiy tanlov ko`pincha kiyinish uslubini topolmayotgan xonimlarda qam uchrab turadi.

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
"Go`zallikning kelib chiqishi" loyihasi inson go`zalligi har xil bo`lishi mumkinligini ko`rsatdi(foto)

03.12.2020, 19:22

Insoniyatning etnik xilma-xilligini o`rganish uchun "Go`zallikning kelib chiqishi" nomli loyiha tashkil etildi. Millatlar go`zalliklari o`rtasidagi tafovutni namoyon etish uchun turli mamlakat vakillari suratga tushirilmoqda.Loyihada 18 yoshdan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1