O`zbekiston - Afg`oniston chegarasidagi neytral hududda qamishzor yoqib yuborildi

Jamiyat 08.02.2023, 23:57
O`zbekiston - Afg`oniston chegarasidagi neytral hududda qamishzor yoqib yuborildi

O`zbekiston va Afg`oniston chegarasidagi neytral hududda 8 fevral kuni qamishzor yoqib yuborildi. Surxondaryo viloyati hokimligi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Ma`lum qilinishicha, Amudaryo ichkarisidagi kichik orolchalarda paydo bo`lgan qamishzorlarda zararkunanda hasharotlar ko`payishi va yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish uchun rejali tartibda yoqish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur tadbir mutasaddi idoralar ruxsati hamda mas`ul organlarning o`zaro kelishuvi asosida amalga oshirilib, orolchalardagi yong`in harakatlari va ko`lami to`liq nazoratga olingan.

“Ushbu tadbir yovvoyi qamishzorlarda belgilangan rejaga muvofiq olib borilayotganini ma`lum qilib, fuqarolardan ortiqcha vahimaga berilmaslikni, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan esa aholi o`rtasida vahima keltirib chiqaruvchi yolg`on axborotlarni tarqatmaslikni so`raymiz”, deyiladi xabarda.

Sharhlar