AsosiyJAMIYAT

Yashnobod tumanida elektromobil yondi

Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

'Yashnobod tumanida elektromobil yondi'ning rasmi

26 avgust kuni soat 14:45 da Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Qorasuv koʻchasi, 4-uy oldida elektromobil yonayotgani haqida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Shunga koʻra, qutqaruv texnikalari voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan. Yongʻin soat 15:07 da bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

Yongʻinning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan zarar miqdori haqida maʼlumot berilmagan.

    Boshqa yangiliklar