AsosiyJAMIYAT

Samarqandda Malibu 2 haydovchisi 8 nafar piyodani xavf ostida qoldirdi

Samarqandda Malibu 2 haydovchisi piyodalarga yo‘l bermay, ularning hayotini xavf ostida qoldirdi. Haydovchiga nisbatan yo‘l bezoriligi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

'Samarqandda Malibu 2 haydovchisi 8 nafar piyodani xavf ostida qoldirdi'ning rasmi

Samarqandda Malibu 2 haydovchisi bir vaqtning o‘zida 8 nafar piyodaga yo‘l bermay, ularning hayotini xavf ostida qoldirgan. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Hodisa 8 sentabr kuni soat 22:20 larda Samarqand shahridagi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida sodir bo‘lgan. YHXB xodimlari surishtiruvi natijasida avtomobil va haydovchining shaxsi aniqlangan.

Haydovchi tushuntirishida shoshilib kelayotgani va avtomobil tormozi ishlamagani sabab harakat yo‘nalishini o‘zgartirganini aytgan. U sodir etgan ishidan pushaymon ekanini bildirib, piyodalar va YHXB xodimlaridan uzr so‘ragan.

Haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-10-moddasi 1-qismi (yo‘l bezoriligi) bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

To‘plangan hujjatlar Samarqand shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga yuborilishi rejalashtirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar

    Samarqandda Malibu 2 haydovchisi 8 nafar piyodani xavf ostida qoldirdi - Darakchi.uz