AsosiySUG'DIYONA
6800

Xitoy xonimlarining xushbichimlik qoidalari

Aytishlaricha, xitoy ayollari ortiqcha vazn muammosidan qiynalmas ekan. Haqiqatan ham, boshqa millat vakilalarining xitoylik xipchabel va chiroyli qomatli ayollarga havas bilan qarashadi. Ular orasida ortiqcha vaznli, qorni chiqib qolgan ayollarni uchratish deyarli mumkin emas. Aslida har bir millatning taom tanovul qilishga xos o`z odat va rusumlari bor. Xitoylik ayollar ham bundan mustasno emas. Xo`sh, ularning sarvqomatligi siri nimada?

7 oddiy qoida

Xitoyliklar ovqatlanishga xuddi bir marosim kabi jiddiy qarashadi. Ko`pincha taom erkaklar tomonidan hozirlanadi.

1. Ovqatni shoshmasdan, yaxshilab chaynab eyish darkor. Yaxshi chaynalgan ovqatni hazm qilish engil kechadi. Yaxshi hazm bo`lmagan taom turli yog`lar ko`rinishida bel va bo`ksada yig`iladi.

  1. Xitoy maqollaridan biri: «Oshqozonning o`ndan etti qismi to`lganda ovqat tanovul qilishdan to`xtang». Bu maqolda ovqatni me`yordan oshirmasdan iste`mol qilishga e`tibor qaratilgan. Hali to`yib ulgurmasdan ovqat eyishni to`xtatish lozimligi deyarli barchamizga ma`lum. Bu taomning jigar va buyraklarni zo`riqtirmasdan hazm bo`lishiga yordam beradi. Va tabiiyki, tanovul qilingan kaloriyalar miqdorini ham qisqartiradi.
  2. Har nimaga chalg`imasdan sokin ovqatlanishga odatlaning. Ko`p hollarda televizor tikilgancha yoki tik oyoqda turib ovqat eymiz. Xitoyliklarning fikricha, ovqat vaqtida faqat yoqimli mavzularda suhbatlashish kerak. Yoqimli suhbat asnosida odam tez to`yinadi, taom yaxshi «ishlanadi».
  3. Taom ko`zni quvontirishi, ishtahani qitiqlashi lozim. Shunda uning hazmi ham engil bo`ladi va insonga lazzat bag`ishlaydi.
  4. Oshqozoningiz bezovta qilsa, taomnomangizda bug`da pishirilgan, engil qovurilgan ovqatlarni ko`paytiring. Kam qovurilgan, bug`da pishgan taomlar hazm bo`lish asnosida tanani zo`riqtirmaydi. Mahsulotlar tarkibidagi vitamin va mikroelementlar Ham saqlanib qoladi. Bu esa salomatligingiz va go`zalligingiz uchun koni foydali.
  5. Xitoy xonimlari taomnomada guruch, baliq, soya va turli mevalar bo`lishiga katta ahamiyat berishadi. Turli sabzavot va ko`katlar iste`molini ko`paytiring. Xitoylik ayollar unli non o`rniga guruchli nonni afzal ko`rishadi.
  6. Xitoylik ayollar sport mashg`ulotlari bilan shug`ullanishni, piyoda yoki velosipedda yurishni kanda qilishmaydi.

Yosh ko`rinishni istasangiz…

Xitoyliklarning fikriga ko`ra, har bir ayol 35 yoshdan keyin har kuni soyadan tayyorlangan taomlarni eyishi zarur. Soya tarkibida yuqori miqdorli fitoestrogen moddasi bor. U o`zingizni tetik his qilishga yordam beradi va terini qarishdan asraydi. Yosh ko`rinishni istasangiz, taomnomangizga soyali mahsulotlarni qo`shing.

Yuz va sochlar uchun ko`k choy

Ko`k choy turli antioksidantlar, E va S vitaminlariga boy. Ko`k choy ovqat hazm bo`lishini engillashtiradi va tanaga kuch, tetiklik bag`ishlaydi. Tanadagi modda almashinuvi jarayonini yaxshilaydi, organizmni xiltlardan tozalaydi.

Bundan tashqari, xitoy ayollari sochlarini ham ko`k choy yordamida parvarishlashadi. Ular ko`k choyga bir choy qoshiq rozmarin moyi solib, bu aralashma bilan sochlarini chayishadi. Natijada sochlar yaltirab turadi. Kechki ovqatdan qolgan choy bilan tongda yuzingizni yuving. U yuz terisini tetiklashtiradi.

Dasturxondan yarim to`ygan holda turing. Ko`k choy iching, ko`proq harakatda bo`ling. Shunda sizni tez qarish ham, ortiqcha vazn ham bezovta qilmaydi.

Boshqa yangiliklar