1

Toshkentda ayol oilaviy mojaro sabab qo`lini kesib, tez yordam xodimlariga qarshilik ko`rsatdi (video)

Jamiyat 30.03.2023, 22:19
Toshkentda ayol oilaviy mojaro sabab qo`lini kesib, tez yordam xodimlariga qarshilik ko`rsatdi (video)

Toshkent shahrida yo`l qatnov qismida ayol kishi unga tibbiy yordam ko`rsatilishiga qarshilik qilayotganligi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB izoh berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 29 mart kuni taxminan soat 18:00 atrofida, oilaviy mojaro sababli o`zining qo`lini kesgan 1987 yilda tug`ilgan T.T.(ayol) tez tibbiy yordam avtomashinasida birinchi tibbiy yordam ko`rsatish uchun olib ketilayotgan vaqtda, Bektemir tumani, Xusayn Bayqaro ko`chasida tibbiyot xodimlariga qarshilik ko`rsatib, tez yordam mashinasi salonidagi maxsus jihozlarni tepib sindirgan.

Haydovchi fuqaroni tinchlantirish maqsadida, avtomashinani to`xtatgan vaqtda ayol yonidagi turmush o`rtog`i va tibbiyot xodimlarining gapiga qaramasdan, yo`lning qatnov qismiga chiqib ketgan. 

Janjal ko`targan ayol transport vositalari harakatlanishi uchun xavfli holatni yuzaga keltirib, jamoat tartibini buzgan hamda unga tibbiy yordam ko`rsatilishiga qarshilik qilgan. 

Hodisa joyiga etib kelgan IIO xodimlarining aralashuvi bilan T.T. tibbiyot muassasasiga olib borilgan.
Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv o`tkazilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1