1

Navoiydagi “Qizilqum Fosforit Kompleksi” sotuvga qo`yildi

Iqtisodiyot 31.03.2023, 08:35
Navoiydagi “Qizilqum Fosforit Kompleksi” sotuvga qo`yildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Navoiy viloyati Konimex tumanida joylashgan “Qizilqum Fosforit Kompleksi” MChJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini xususiylashtirish jarayonini boshladi.

Talabgorlar o`z arizalarini 2023 yil 5 may 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar Davaktiv saytida ko`rsatilgan elektron manzillarga yuborishlari lozim.

Ariza quyidagi ma`lumotlarni o`z ichiga oladi:

- ishtirokchi to`g`risida qisqacha ma`lumot (shu jumladan, STIR va faoliyat turi);

- ishtirokchi ustav kapitalida 5 foizdan ortiq ulushi mavjud aksiyadorlar/ta`sischilar (egalik ulushi ko`rsatilgan holda) va yakuniy benefisiarlar to`g`risida ma`lumotlar;

- moliyaviy hisobot (oxirgi 3 yilgi faoliyati bo`yicha).

Aktiv to`g`risida qisqacha ma`lumot:

“Qizilqum Fosforit Kompleksi» MChJ – fosforit konsentrati va fosfor uni ishlab chiqaruvchi korxona hisoblanadi. Fosforit konsentrati ishlab chiqarish sexi 1998-yilda tashkil etilgan bo`lib, Jeroy-Sardarin koni (Toshqo`ra rudnigi) negizida flyurapatit turidagi donali fosforit rudasini qayta ishlab, boyitishga mo`ljallangan. Ishlab chiqarish quvvati yiliga - 716 ming tonna.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1