1

O`zbekistonda ish haqi va pensiyalar yana oshirilishi rejalashtirilmoqda

Iqtisodiyot 01.04.2023, 08:37
O`zbekistonda ish haqi va pensiyalar yana oshirilishi rejalashtirilmoqda

O`zbekistonda 2023 yil davomida oyliklar va pensiyalarni ikki marotaba oshirishga qaror qilingan. Bu haqda “Daryo” Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) direktori Umid Obidxo`jaevga tayanib xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, 2023 yil uchun tasdiqlangan davlat byudjeti parametrlarida pensiyalarni 1 iyundan 12 foizga, ish haqini 1 oktyabrdan 10 foizga bir marotaba oshirish maqsadida 6,7 trln so`m ajratilishi ko`zda tutilgan edi.

Jahon bozorida oltin va mis narxining prognozga nisbatan yuqori bo`lishi (qo`shimcha 4,5 trln so`m) hamda bojxona tushumlarining oshishi (qo`shimcha 3 trln so`m) hisobiga, Davlat byudjeti parametrlarida ko`zda tutilganiga nisbatan, ish haqi, pensiya va nafaqalarni qo`shimcha yana bir marotaba oshirishga qaror qilingan.

Avvalroq 1 apreldan pensiya va nafaqalar, 1 maydan esa oyliklar 7 foizga oshishi (bunda byudjetning qo`shimcha xarajatlari 2,2 trln so`mni tashkil qiladi) haqida xabar berilgan edi. 

Pensiya, nafaqa va davlat sektori xodimlarining maoshlari 1 sentyabrdan yana 10 foizga (qo`shimcha 5,6 trln so`m) oshirishi rejalashtirilmoqda. 

Shu tariqa, O`zbekistonda byudjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlarning maoshi 2023 yilda umumiy 17,7 foizga oshishi kutilmoqda. 

Markaziy bank prognoziga ko`ra, 2023 yilda yillik inflyasiya maksimum 9,5 foiz darajasida bo`lsa, byudjet xodimlarining real maoshi yil davomida 8,2 foizga oshadi. Bu esa so`nggi yillarda kuzatilgan O`zbekistondagi eng yuqori ko`rsatkichdir. 

Ma`lum bo`lishicha, bu tadbirlardan 6,5 mln fuqaro manfaat ko`radi. Ular orasida 4,4 mln nafar pensiya va nafaqa oluvchilar hamda 2,1 mln nafar ishchilar bor. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1