Ijtimoiy tarmoqlarda tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg`in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo`yicha ichki nazorat qoidalariga kiritilgan o`zgartirish va qo`shimchalar yuzasidan turli fikrlar bildirilmoqda. Xususan, tijorat banklarida ichki nazorat qoidalariga kiritilgan va kuchga kirgan o`zgartirishlarga ko`ra, tijorat banklaridagi 165 million so`mdan ortiq onlayn omonat egalarining omonatlar hamyonlarga yoki kartaga qaytarilishida bir bankdan ikkinchisiga o`tkazishdagi operasiyalari endi shubhali deya ko`riladi va vakolatli davlat organi bo`lgan Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga beriladi. Mazkur muhokama bo`layotgan masalaga Markaziy bank izoh berdi.
"Amaldagi qonunchilik hujjatlariga yangi kiritilgan o`zgartirishlarda yuqorida ta`kidlangan operasiyalarni aniqlash uchun operasiyalarni amalga oshirilishi davriyligi va miqdoriga tegishli chegaralar kiritildi.
Shuni alohida ta`kidlash zarurki, ushbu yangi qoidalar jismoniy shaxslarning omonatlarini elektron hamyonlariga yoki bank kartalariga qaytarilishi, shuningdek, tovar va xizmatlar uchun to`lovlar, xususan, ipoteka krediti yoki avtokredit bo`yicha boshlang`ich badal to`lovi bilan bog`liq operasiyalarga tatbiq etilmaydi.
Ya`ni shubhali operasiyalarni aniqlashda omonat va kredit hisobvaraqlari orqali amalga oshirilgan operasiyalar hisobga olinmaydi va maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etilmaydi", - deyiladi tushuntirishda.