1

O`zbekiston va Qirg`iziston o`rtasidagi o`zaro tovar ayirboshlash hajmi 2 mlrd dollarga etkaziladi

Iqtisodiyot 09.04.2023, 16:23
O`zbekiston va Qirg`iziston o`rtasidagi o`zaro tovar ayirboshlash hajmi 2 mlrd dollarga etkaziladi

O`zbekiston va Qirg`iziston o`rtasidagi o`zaro tovar ayirboshlash hajmi 2 milliard dollarga etishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda Dunyo agentligi.

O`zbekistonning Bishkekdagi elchixonasi Qirg`iziston Tashqi ishlar vazirligi diplomatik akademiyasi bilan hamkorlikda mamlakatlar o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilganining 30 yilligiga bag`ishlangan davra suhbati tashkil etdi. Tadbirda o`zbekistonlik diplomatlar, Qirg`iziston Tashqi ishlar vazirligi, Diplomatik akademiya vakillari, ilmiy ziyolilar, qirg`izistonlik siyosatshunos va ekspertlar ishtirok etdi.

Qayd etilishicha, Bishkek o`zaro tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard dollarga etkazishni maqsad qilgan. Qirg`iziston tog`-kon va ko`mir sanoati, sanoat kooperasiyasi, qishloq xo`jaligini qayta ishlash, energetika, qurilish va boshqa sohalarda yirik qo`shma investisiya loyihalarini ishga tushirish bo`yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirishni muhim deb hisoblaydi. Qirg`izistonda avtomobil va tijorat texnikalarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi alohida qayd etildi.

Ta`kidlanishicha, Bishkek O`zbekiston—Qirg`iziston taraqqiyot jamg`armasi ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish va savdo hajmini oshirish uchun samarali platformaga aylanishiga umid qilmoqda. Tez orada ikki davlat poytaxtlarida ochiladigan savdo uylari faoliyati samaradorligiga umid bildirildi.

O`zbekistonlik diplomatlar ishtirokchilarga Xitoy—Qirg`iziston—O`zbekiston temiryo`li qurilishi loyihasini amalga oshirish bo`yicha tomonlarning faol faoliyati haqida ma`lumot berdi. Madaniy-gumanitar sohadagi ikki tomonlama hamkorlik ham yangi sur`at kasb etgani qayd etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1