1

Endi chet elda ishlab chiqarilgan tovarlarga ham iste`mol krediti berilishi mumkin

Iqtisodiyot 11.04.2023, 11:13
Endi chet elda ishlab chiqarilgan tovarlarga ham iste`mol krediti berilishi mumkin

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O`RQ–828, 10.04.2023 y.) bilan “Iste`mol krediti to`g`risida”gi qonunga o`zgartish kiritildi

Kiritilgan o`zgartishga ko`ra:

- Moliyaviy iste`mol kreditidan foydalanishda shartnoma tovarni (xizmatni) iste`molchi tomonidan sotib olishga doir shartnoma kuchga kirguniga qadar yoki kuchga kirganidan keyin tuzilishi mumkin.

- Moliyaviy iste`mol krediti berish iste`mol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchining yoki realizasiya qiluvchi sub`ektning (yuridik va jismoniy shaxsning) bankdagi hisobvarag`iga bank yoxud boshqa kredit tashkiloti tomonidan pul mablag`lari o`tkazish yo`li bilan amalga oshiriladi.

- Moliyaviy iste`mol kreditining naqd pulda berilishiga yo`l qo`yilmaydi.

Ya`ni, iste`mol krediti hisobidan xarid qilinayotgan tovarlar va xizmatlar O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan bo`lishiga oid cheklovlar olib tashlandi.

Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1