1

O`zbekistonda yilning I choragi davomida soliq tushumlari 37,8 trln so`mdan ortdi

Iqtisodiyot 12.04.2023, 12:34
O`zbekistonda yilning I choragi davomida soliq tushumlari 37,8 trln so`mdan ortdi

Respublika bo`yicha 2023 yil I choragida soliq organlari tomonidan budjetga 37,8 trln so`mdan ortiq tushumi ta`minlandi. Bu haqda Soliq qo`mitasi matbuot xizmati xabar qildi. 

Jumladan, soliq turlari kesimida (o`tgan yilning mos davriga nisbatan):

-foyda solig`idan 9,5 trln so`m* (392,4 mlrd so`mga yoki - 8,6%);

-QQSdan 8,4 trln so`m (807,7 mlrd so`mga yoki - 10,6%);

-JShODSdan 6,6 trln so`m (1,4 trln so`mga yoki - 26,5%);

-er qa`ridan foydalanganlik uchun soliqdan 3,5 trln so`m* (82,4 mlrd so`mga yoki - 6,4%);

-er solig`idan 1,4 trln so`m (311,4 mlrd so`mga yoki -28%);

-mol-mulk solig`idan 1,3 trln so`m (372,9 mlrd so`mga yoki - 39,5%);

-suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan 205,8 mlrd so`m (26,4 mlrd so`mga yoki 📈 14,7%) o`sishga erishildi.

NKMK va OKMKdan tashqari

Shuningdek, aksiz solig`idan 3,3 trln so`m undirilib, yakuniy iste`molchilarga realizasiya qilishda to`lanadigan aksiz solig`idan (AI-80 benzini uchun) imtiyoz berilganligi sababli tushumlar o`tgan yilning mos davriga nisbatan 5,8 mlrd so`mga yoki 0,2% kamaygan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1