1

O`zbekiston Jahon bankidan 296 million dollar qarz oldi

Iqtisodiyot 13.04.2023, 21:06
O`zbekiston Jahon bankidan 296 million dollar qarz oldi

O`zbekiston Jahon bankidan 296 mln dollar miqdorida qarz olish bo`yicha 4 ta bitimni imzoladi. Bu haqda bosh vazir o`rinbosari Jamshid Qo`chqorov o`zining Twitter’dagi sahifasida ma`lum qildi

Imzolangan bitimlarning ikkitasi – O`zbekistonda ijtimoiy ob`ektlarda energiya samaradorligini oshirish – 143 mln dollar, barqaror o`rmonchilik va o`rmon landshaftlarini tiklash – 142 mln dollarlik loyihalarni o`z ichiga oladi.

Shuningdek, ikkinchi loyiha doirasida tadbirlar va konsultativ xizmatlarni moliyalashtirish uchun yana 2 ta: 8 mln va 3 mln dollarlik grant bitimlari imzolangan.

“Ushbu bitimlar yurtimizda yashil energiyadan keng foydalanish hamda ekologik toza muhitga erishishga xizmat qiladi”, deydi Qo`chqorov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1