Nogironligi bo`lgan xodimlar uchun to`langan 390 mln so`mdan ortiq soliq qaytarildi

Iqtisodiyot 19.04.2023, 11:05
Nogironligi bo`lgan xodimlar uchun to`langan 390 mln so`mdan ortiq soliq qaytarildi

2023 yil 1 aprel holatiga 80 ta tashkilotga 310 ta ariza asosida nogironligi bo`lgan xodimlar uchun to`langan 390,6 mln so`m ijtimoiy soliq qaytarildi. Bu haqda Soliq qo`mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, 2022 yil 1 martdan 2024 yil 1 martga qadar ish beruvchilarga 6 oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan nogironligi bo`lgan shaxslar uchun to`langan ijtimoiy soliq summasi to`liq qaytarib beriladi.

Byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg`armasi (kapitali)da davlat ulushi 50% va undan ortiq bo`lgan yuridik shaxslar bundan mustasno.

Ariza topshirish uchun ish beruvchi:

- my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetning «Xizmatlar» qatoridagi “Elektron hujjat aylanishi” bo`limidan “Ijtimoiy soliq summasini qaytarish” bandini tanlashi lozim.

- Ochilgan oynadan "Nogironlar uchun" bo`limi tanlanadi.

- Ariza beruvchi to`g`risidagi ma`lumotlar (tashkilot nomi, STIR, manzili va faoliyat turi) avtomatik shakllanadi.

- Yil va davr (oylar) ko`rsatilishi lozim.

- Ilovadagi ariza to`ldiriladi. Jadvalda nogironligi bo`lgan xodimning JShShIR, soliq stavkasi, oylik maoshi summasi va oy (davr) qo`lda kiritiladi. Agar ijtimoiy soliq summasini qaytarish arizasi bir necha oy uchun topshirilgan bo`lsa, unda har bir xodim bo`yicha jadvaldagi qatorlar har oy uchun alohida to`ldirilishi kerak.

- Jadval to`ldirgandan so`ng, pastki qatorlarda xodimlarning umumiy soni va qaytarilishi kerak bo`lgan ijtimoiy soliq summasi avtomatik hosil bo`ladi.

- Ish beruvchining bank rekvizitlari ham avtomatik shakllanadi.

- Shundan so`ng “Ariza shakllantirish” tugmasi bosiladi. Ariza va uning ilovasida ko`rsatilgan ma`lumotlar to`g`riligi va to`liqligini tekshirib, “Arizani yuborish” tugmasini bosish lozim.

Ariza holatini “Yuborilgan arizalar” bo`limida ko`rish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1