1

O`zbekistonda benzin ishlab chiqarish ko`paydi

Iqtisodiyot 22.04.2023, 12:05
O`zbekistonda benzin ishlab chiqarish ko`paydi

Statistika agentligining dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, 2023 yilning yanvar-mart oylarida O`zbekistonda 385,5 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 33,5 % ga oshgan.

2023 yilning yanvar-mart oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:

—  Avtomobil benzini – 385,5 ming tonna

—  Ko`mir – 989,1 ming tonna

—  Neft – 195,5 ming tonna

—  Gaz kondensati – 319,5 ming tonna

—  Avtobus – 200 dona

—  Yuk avtomobillari – 557 dona

—  Avtomobil dvigatellari – 44,2 ming dona

—  Engil avtomobillar (maxsus engil avtomobillardan tashqari) – 50 018 donani tashkil etdi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1