AsosiyJamiyat

Jinoyati uchun jazosini o`tab bo`lgan bolalardan "sudlanganlik" tamg`asini olib tashlash belgilanmoqda

'Jinoyati uchun jazosini o`tab bo`lgan bolalardan "sudlanganlik" tamg`asini olib tashlash belgilanmoqda'ning rasmi

Oliy Majlisda “Voyaga etmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlik yanada liberallashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 77 va 85-moddalariga o`zgartish va qo`shimcha kiritish to`g`risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o`qishda ko`rib chiqilyapti.

Qonun loyihasi bilan shaxsning voyaga etmagan davrida sodir etgan jinoyati uchun qonun oldida o`z jazosini to`liq o`tab bo`lgandan so`ng, uning oqibatlari kelgusi hayotiga ta`sir qilmasligi va o`z hayotini yangitdan boshlashi uchun imkoniyat berilishini ta`minlash maqsadida voyaga etguniga qadar sodir etgan jinoyati uchun jazoni o`tab bo`lgan shaxs sudlanmagan deb hisoblanishi belgilanmoqda.

"Bugun biz, deputatlar bilib-bilmay jinoyatga qo`l urib qo`ygan bolalarning kelajagiga "bolta urib" kelayotgan "sudlanganlik" tamg`asini olib tashlashga xizmat qiladigan qonun loyihasini ko`rib chiqdik.

Ushbu qonun loyihasi bilan Jinoyat kodeksiga quyidagi mazmundagi o`zgartish va qo`shimcha kiritilishi taklif etilmoqda:

Birinchidan, 18 yoshga to`lmagan shaxslar sodir etgan jinoyati ( o`ta og`ir jinoyatlar bundan mustasno) uchun jazoni o`tab bo`lganidan keyin "sudlanmagan" deb hisoblanadi.

Ikkinchidan, voyaga etmagan shaxsga nisbatan tayinlanadigan ozodlikdan mahrum qilish jazosining eng kam muddati bir oyga tushiriladi. (Amalda ushbu muddat 6 oyni tashkil qiladi)", - deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o`rinbosari Odiljon Tojievyu

 

 

    Boshqa yangiliklar