AsosiyIqtisodiyot

Markaziy bank O`zbekistonda pul denominasiya qilinmasligini ma`lum qildi

'Markaziy bank O`zbekistonda pul denominasiya qilinmasligini ma`lum qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan pul birligining denominasiya qilinishi, ya`ni 1:10 000 nisbatda yangi pul belgilariga almashtirilishi hamda eski va yangi pul belgilari 2025 yilgacha parallel ravishda muomalada bo`lishi to`g`risida xabarlar tarqalgan edi.

Markaziy bankning ma`lum qilishicha, ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emas. Bugungi kunda pul birligini denominasiya qilish masalasi O`zbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy banki tomonidan ko`zda tutilmagan.

    Boshqa yangiliklar