1

“Ipotekabank”ATIB ning 75 foizi Vengriya bankiga sotib yuborildi

Iqtisodiyot 13.06.2023, 20:19
“Ipotekabank”ATIB ning 75 foizi Vengriya bankiga sotib yuborildi

OTP Bank  2020 yil oxiridan buyon O`zbekiston hukumati bilan mamlakat bank sektorini xususiylashtirishda ishtirok etish imkoniyatlari bo`yicha muzokaralar olib borgandi.

2022 yilning dekabr oyida, Toshkent shahrida tomonlar mamlakatning beshinchi yirik moliyaviy xizmatlar ko`rsatuvchi muassasasi – «Ipotekabank»ning O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligiga tegishli aksiyalarining 100 foizini (umumiy bank aksiyalardagi ulushi taxminan 98 foiz) OTP Bank tomonidan sotib olish yuzasidan oldi-sotdi shartnomasini imzolagan edilar.

Bugun moliyaviy amaliyot muvaffaqiyatli yakunlandi va OTP Bank Ipoteka-bankning qonuniy nazorat organiga aylandi.

Natijada, OTP Bank Ipoteka-bankning 73,41 foiz egaligi bilan asosiy aksiyadoriga hamda bilvosita bankka tegishli moliyaviy lizing bilan shug`ullanuvchi «Ipoteka lizing» va sug`urta xizmatlarini taklif qiluvchi «Imkon-Sug`urta» jamiyatlarining egasiga aylandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1