Bolalarni kitob bilan do`stlashishlari uchun bir qancha usullarni e`tiboringizga havola etamiz.
1. Farzandingizga kichkinaligidanoq qisqa va qiziq ertaklar o`qib bering. Kitob, albatta, yorqin va rangli bo`lsin. Bola rangli narsalarni oson eslab qoladi.
2. Bola o`qigan kitoblarni birga tahlil qiling. Yanada qiziqtirish uchun esa o`qiganidan kelib chiqib, so`zlab yoki chizib berishini taklif eting.
3. Boshqotirmalar tuzib, birga eching. Ertak qahramonlarini suratini qirqib olib, dilbandingiz bilan birga ularni yaxshi va jaxldor qahramonlarga bo`ling.
4. O`qigan kitobi unda qanday taassurot qoldirganligini so`rang, yoqqan va yoqmaganlarini aytib bersin. Birgalikda mutolaa qilish uchun birga kitob xarid qiling yoki tanlang.
5. Ertaklar to`plami yoki badiiy asar muallifi haqida qiziq faktlar keltiring, bosh qahramon haqida hikoya aytib, qiziqtiring. Yoki bo`lmasam kitobni ma`lum qismigacha o`qing-da, «davomini o`zing yozib ko`rchi» deng.
6. O`qiyotgan kitobingdan qancha qiziqarli ma`lumotlar topsang, shuncha shirinlik beraman deb, farzandingizning qiziqishini oshiring.
7. Nuridiydangiz bilan birgalikda mashhur kitob mualliflari uy-muzeylariga tashrif buyuring. Borishdan oldin esa bolaga oddiy so`zlashuv uslubida yozuvchining hayoti va ijodi, yozgan asarlari haqida so`zlab bering. Iloji bo`lsa, rasmini ham ko`rsating.
8. Shuningdek bolalar bilan tez-tez kutubxonaga borishni kanda qilmang. Kutubxonada kitob o`qishning ham o`z gashti bor. Bolaga u erning muhiti yaxshi ta`sir qiladi.
9. Har kech ma`lum bir kitobdan hech bo`lmaganda 5 ta gap o`qitishni odat qiling. Vaqti kelib, u kitobga qiziqib ketib o`zi bilmagan holda 5 ta emas 50 ta gap o`qiydigan bo`ladi.
10. Bolangizga yangi o`yinchoq xarid qilayotganda yoniga kichik kitobcha ham qo`shib oling. Bu sovg`a hech qachon farzandingizning esidan chiqmaydi.