AsosiyIqtisodiyot

OTB O`zbekistonga yana qarz beradi

'OTB O`zbekistonga yana qarz beradi'ning rasmi

Osiyo taraqqiyot banki O`zbekistonning elektr uzatish tarmog`ini yaxshilash, energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanadigan energiyani mamlakatning energiya majmuasiga integrasiyalashuviga yordam berish uchun 125 million dollar miqdorida kredit ajratishni ma`qulladi. Bu haqda bank saytida keltirilgan.

Ma`lum qilinishicha, “Dekarbonlashtirish uchun raqamlashtirish – elektr uzatish tarmoqlarini yaxshilash” loyihasi doirasida etti viloyat – Buxoro, Farg`ona, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Navoiy va Toshkentda umumiy uzunligi qariyb 359 kilometr bo`lgan 12 ta elektr uzatish liniyalari qayta tiklanadi. 

Shuningdek, loyiha Fayzobod, Obi-Hayot, Zafar va Zarafshondagi 220 kilovoltli to`rtta kichik stansiyalarni rekonstruksiya qilish va modernizasiya qilish, ularning quvvatlarini joriy va prognoz qilinayotgan energiyaga bo`lgan ehtiyojni qondirish uchun moliyalashtiradi.

“Ushbu loyiha O`zbekistonning ishonchli va arzon elektr energiyasiga ortib borayotgan talabini qondirishga yordam beradi, shu bilan birga mamlakatning yashil va past uglerodli iqtisodiyotga o`tishini qo`llab-quvvatlaydi”, deydi OTB Markaziy va G`arbiy Osiyo bo`yicha Bosh direktori Evgeniy Jukov.

Loyiha eski texnologiyani nazorat qilish va ma`lumotlarni yig`ish tizimiga ulashga tayyor bo`lgan zamonaviy yuqori voltli liniyalar va nimstansiyalarga almashtirish orqali elektr uzatish tarmog`ini raqamlashtiradi. Bu operasion dispetcherlik markaziga masofadan boshqarishni qo`lga kiritish va real vaqtda va tarixiy ma`lumotlarni olish imkonini beradi.

“Shuningdek, loyiha O`zbekistonning korporativ boshqaruv milliy tarmog`i va loyihalarni boshqarish salohiyatini mustahkamlaydi. U strategik rejalar va genderga mos siyosatlarni yaratish, shuningdek, himoya choralari va moliyaviy boshqaruv bo`yicha salohiyatni oshirishga yordam beradi”, deyiladi bank xabarida.

O`zbekiston Osiyo taraqqiyot bankiga 1995 yilda a`zo bo`lgan. O`shandan beri bank mamlakatga 10,8 milliard dollar miqdorida kreditlar, grantlar va texnik yordam ajratgan.

    Boshqa yangiliklar