1

Quloqqa aytiladigan gaplar yoxud jinsiy hayot muammolari

SUG'DIYONA 17.10.2016, 17:05
Teglar: Oila, Er-xotin
Quloqqa aytiladigan gaplar yoxud jinsiy hayot muammolari

Bugungi sahifamizni muxlislarimizning murojaatlari asosida tayyorladik. Rosti, ularning bizga bo`lgan ishonchidan, o`zlariga sirdosh deb bilganlaridan xursand bo`ldik. Bu ishonchni oqlash, sizga haqiqiy sirdosh bo`lish uchun barcha savollaringizga javob berishga harakat qilamiz. Bugun savollaringizga seksopatolog-shifokor Demir ALEKSEEV javob beradi. Aziz muxlislar, kimligingiz, qaerdan qo`ng`iroq qilayotganingizni sir tutishimizni so`raganingiz uchun ism va manzilingizni yozmaslikka qaror qildik…

 

«Zahm qaytalaydimi?»

«Bir necha yil oldin erim zahm (sifilis)ning engil turiga chalinib, dispanserga qatnagandi. Lekin shifokor belgilaganidek to`liq davolanish imkoni bo`lmadi. Hozir o`zida o`shandagidek holatlar takrorlanayotganini sezayotganini aytdi. Bu kasallik qaytalaydimi?»

— Zahmda turg`un immunitet hosil bo`lmaydi. Shuning uchun ham davolash oxiriga etkazilmagan kasallik yana qaytalanishi mumkin. Sifilisga chalingan bemor aslida venerologiya dispanserida hisobga olinadi va muntazam tekshirib turiladi. Bemor davolanishni oxirigacha etkazmasa, kasallik rivojlanib, jiddiy tus oladi. Bunda ichki a`zolar, asab va suyak tizimi zararlanadi. Hatto ko`rish nervi atrofiyaga uchrab, bemor xira ko`radigan bo`lib qoladi, xotira zaiflashadi, talaffuz buziladi, zehn pasayadi.

Bemor to`la-to`kis davolanmagan hollarda zahm uning avlodiga ham o`tishi mumkin. Ya`ni farzandi dunyoga kelmasidanoq tug`ma zahmga chalinadi. Bu kasallik bilan og`rigan bemorlar to sog`ayib ketguncha jinsiy yaqinlashuvdan saqlanishlari zarur. Davolanish chog`ida erkak chekmasligi va spirtli ichimliklar ichmasligi, vitaminga boy ovqatlar iste`mol qilishi muhim.

 

Prostatit dardi

«Prostata bezi yallig`lanishi bilan kechadigan prostatit kasalligining o`tkir va surunkali turlari bor ekan. Ularni bir-biridan qanday farqlash mumkin?»

O`tkir prostatitda bemor tez-tez siyadi, peshob ajratganda jinsiy a`zosida sanchiq turib, hatto hojat vaqtida to`g`ri ichakda ham og`riq kuzatiladi. Bu kasallik o`z vaqtida davolanmasa, prostatitni vujudga keltirgan infeksiyalar atrofdagi a`zo va to`qimalarga ham o`tadi. Oqibatda prostata bezida paydo bo`lgan abssess (yiringlash), hatto sepsiss (qonga yiring tushishi)ga olib keladi. Bu esa erkakni bepusht qilib qo`yadi. O`tkir prostatitga chalingan bemor albatta shifoxonaga yotib davolanishi kerak.

Surunkali prostatitda peshob chiqarish yoki hojatdan so`ng biroz og`riq turadi, jinsiy a`zodan kamroq miqdorda suyuqlik ajraladi. Surunkali prostatida shifokor buyurgan dori-darmonlar va fizioterapiya muolajalari tuzalishga ko`maklashadi. Bunday bemorga achchiq, sho`r ovqatlar eyish, spirtli ichimliklar ichish aslo mumkin emas. Ich yurishib turishiga alohida ahamiyat berish lozim.

 

Mijoz sustligiga barham berish uchun…

«Erkaklarda mijoz sustligi paydo bo`lishining asosiy sabablari nimada?» 

— Mijoz sustligi (jinsiy qobiliyatning susayishi) asosan oliy asab faoliyatining buzilishiga, masalan, tug`ma va turmushda orttirilgan asabiy ruhiy kechinmalar (ya`ni nevroz, turli kasalliklar bilan og`riganda ro`y beradigan nevrotik holat, tushkunliklar)ga bog`liq. Erkak kishining uzoq vaqt g`am chekishi ham uning jinsiy qobiliyatiga ziyon etkazadi. Haddan ziyod charchash, uyquga to`ymaslik, ish yoki oila bilan bog`liq og`ir ma`naviy vaziyatlar ro`y berganda jinsiy muammolar yuzaga keladi.

Ba`zan yoshga aloqador o`zgarishlar (masalan, 45-55 yoshlarda) tufayli ham jinsiy qobiliyat yo`qolishi mumkin. Mijoz sustligiga barham berish uchun avvalo stresslardan qochish, oila va ishxonada sog`lom muhitni qaror toptirish, o`z vaqtida dam olib, to`yib uxlashga erishish zarur. Bular yordam bermasa, albatta mutaxassis shifokorga ko`rinish lozim.

GULJAMILA yozib oldi

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Er-xotin 5 bosh qo`y o`g`irlab qo`lga tushdi

03.12.2019, 10:59

 Poytaxtimizning Mirobod tumanida yashovchi fuqaro H.N. Toshkent viloyati Ohangaron tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, 29 noyabrga o`tar kechasi o`ziga tegishli «Gulobod» mahalla fuqarolar yig`ini...
O`zbekistonda qancha oila faqat sha`riy nikoh asosida yashagani aniqlandi

14.11.2019, 18:36

 O`zbekistonda FHDYo organlari hokimliklar tasarrufiga o`tkazilgach, faqatgina sha`riy nikoh bilan yashab kelgan 20 ming 350tadan ortiq oila aniqlanib, ularning nikohi qonuniylashtirildi.Bu haqda 13 noyabr kuni oila...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1