AsosiyDunyo

G‘azoda ilk marta ocharchilik rasman tasdiqlandi

Har kuni kattalar orasida har 10 000 kishiga 2 ta, bolalar orasida esa har 10 000 kishiga 4 ta o‘lim holati ochlik, to‘yib ovqatlanmaslik va kasalliklar tufayli qayd etilmoqda.

'G‘azoda ilk marta ocharchilik rasman tasdiqlandi'ning rasmi

Gumanitar tashkilotlar birinchi marta G‘azo provinsiyalaridan birida halokatli ocharchilik kuzatilayotganini, sentyabr oyi oxiriga kelib, u yana ikkita provinsiyaga tarqalishi mumkinligini tasdiqladi.

Bu haqda Oziq-ovqat xavfsizligi fazalarining integratsiyalashgan tasnifi (IPC) hisobotida so‘z boradi. IPC birinchi marta Yaqin Sharqdagi ocharchilikni tasdiqladi, deya ta’kidlaydi Associated Press.

Ma’lum qilinishicha, IPC hisob-kitoblariga ko‘ra, kelgusi oy oxirigacha G‘azo sektorida 640 mingdan ortiq odam oziq-ovqat tanqisligining halokatli darajasiga (IPC’ning 5-bosqichi) duch keladi. Yana 1,14 million kishi favqulodda vaziyat (4-faza IPC) va 396 ming kishi inqiroz (3-faza) holatida bo‘ladi.

IPC G‘azodagi ocharchilik jangovar harakatlar va gumanitar yordam blokadasi tufayli yuzaga kelganini ta’kidlamoqda. Vaziyat aholining ommaviy ko‘chishi va anklavda oziq-ovqat ishlab chiqarish tizimining qulashi bilan yanada og‘irlashdi.

Isroil TIV IPC’ni «HAMASning soxta kampaniyasiga moslashtirilgan soxta hisobot»ni e’lon qilishda aybladi. Idoraning ta’kidlashicha, IPC hisoboti «HAMAS yolg‘onlariga asoslangan».

«Aql bovar qilmaydi, lekin IPC Isroilga qarshi yolg‘on ayblovlar qo‘yish uchun o‘z qoidalarini buzib, o‘z mezonlarini e’tiborsiz qoldirdi, bu hisobotda [ochlikni aniqlash] chegarasini 30 foizdan 15 foizgacha tushirdi va ikkinchi mezonni — o‘lim darajasini butunlay e’tiborsiz qoldirdi», — dedi Isroil TIV.

Iyul oyi oxirida 100 dan ortiq gumanitar tashkilotlar G‘azoda «ommaviy ochlik» tarqalayotganidan ogohlantirgandi. Xalqaro bosim fonida Isroil gumanitar yordam yetkazib berish hajmini oshirishini e’lon qilgan. Biroq, xalqaro tashkilotlarning ta’kidlashicha, kelib tushayotgan yordam miqdori zarur bo‘lganidan ancha kam.

IPC mezonlariga ko‘ra, uchta shart birlashtirilganda, ommaviy ocharchilik ma’lum bir geografik hududda sodir bo‘ladi:

Ushbu hududda aholining kamida 20 foizi og‘ir darajadagi ochlikka duchor bo‘lmoqda;

Bolalarning 30 foizi ozg‘in yoki bo‘yiga nisbatan juda oriq.

Har kuni kattalar orasida har 10 000 kishiga 2 ta, bolalar orasida esa har 10 000 kishiga 4 ta o‘lim holati ochlik, to‘yib ovqatlanmaslik va kasalliklar tufayli qayd etilmoqda. IPC ocharchilik holatini rasman e’lon qila olmaydi — odatda buni hukumatlar yoki BMT amalga oshiradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Suriya Rossiya bilan hamkorlikda yangi banknotlarni bosib chiqaradi'ning rasmi

    Dunyo 22.08.2025 18:48

    Suriya Rossiya bilan hamkorlikda yangi banknotlarni bosib chiqaradi

    Ularni Rossiyaning "Goznak" kompaniyasi chiqaradi.

    'Xitoyda 2 yoshli bola mashinada qisilib vafot etdi'ning rasmi

    Dunyo 22.08.2025 17:56

    Xitoyda 2 yoshli bola mashinada qisilib vafot etdi

    Shifokorlar miya jarohati va kislorod yetishmasligi tashxisini qoʻygan.

    'Meksikada o‘tloqdan chiriy boshlagan 6 nafar erkakning tanasiz boshi topildi'ning rasmi

    Dunyo 22.08.2025 17:21

    Meksikada o‘tloqdan chiriy boshlagan 6 nafar erkakning tanasiz boshi topildi

    Tergov politsiyasi xodimlari va ekspertlar voqea joyiga etib borgan va dastlabki tekshiruv ishlarini boshlagan.

    'Putin Mehribon Aliyeva ni tabrikladi'ning rasmi

    Dunyo 22.08.2025 16:30

    Putin Mehribon Aliyeva ni tabrikladi

    Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi ziddiyatlar fonida Prezident Vladimir Putin Ozarbayjonning birinchi vitse-prezidenti Mehribon Aliyevani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

    'Germaniyalik alpinistlar 4000 metr balandlikda qutqarildi'ning rasmi

    Dunyo 22.08.2025 15:11

    Germaniyalik alpinistlar 4000 metr balandlikda qutqarildi

    Shveytsariya Alp tog'larida qolib ketgan ikki nafar Germaniyalik alpinist bir kecha-kunduz davomida yordam kutishga majbur bo'ldi.

    'Trump: Biden Ukrainaga hujum qilishga ruxsat bermadi, shuning uchun gʻalaba imkonsiz'ning rasmi

    Dunyo 22.08.2025 11:35

    Trump: Biden Ukrainaga hujum qilishga ruxsat bermadi, shuning uchun gʻalaba imkonsiz

    Donald Trumpning aytishicha, Jo Bayden Ukrainani Rossiyaga qarshi hujum qilishdan tiyib, urushda gʻalaba qozonish imkoniyatini yoʻqqa chiqargan.