AsosiyJamiyat

Mustaqillik bayrami uchun qo'shimcha dam olish kunlari beriladimi?

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bu haqida maʼlumot berdi.

'Mustaqillik bayrami uchun qo'shimcha dam olish kunlari beriladimi?'ning rasmi

Joriy yilda O‘zbekistonda “1 sentyabr — Mustaqillik kuni” bayram uchun qo‘shimcha dam olish kunlari bo‘lmaydi. Bu haqda Qashshoqlikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Mustaqillik kuni munosabati bilan 5 ish kuni ishlovchilar 3 kun – 30 avgust (shanba), 31 avgust (yakshanba) va 1 sentyabr (bayram) kunlari hamda 6 ish kunida ishlovchilar 2 kun – 31 avgust (yakshanba) va 1 sentyabr (bayram) kunlari dam oladi.

Qayd etilishicha, qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanmagan va dam olish kunlari ko‘chirilmagan.

    Boshqa yangiliklar