AsosiySport
5615

Zinedin Zidan: Ronalduda gol urish imkoniyati bor edi, ammo u bu ishni uddalay olmadi

“Real Madrid” jamoasi ustozi Zinedin Zidan “Legiya”ga qarshi (5:1) EChL 3-turidan so`ng o`yin haqia fikr bildirib, Ronalduda gol urish imkoniyati bo`lganini, ammo u bundan foydalana olmaganini aytib o`tdi.

“Muxlislari Ronaldudan doim gollar kutishadi, ammo bugun assistent vazifasini bajardi. Jamoadagi har bir futbolchining ishidan mamnunmiz. Tan olish kerak, biz ham Krishtianudan uchta yoki to`rtta gollar kutamiz. Uning o`zi ham shuni xohlaydi. Unda gol urish uchun imkoniyatlar bor edi, ammo ulardan foydalanmadi. Krishtianudan doim katta natijalar kutamiz. Buni uning o`zi ham biladi”, – deydi fransiyalik mutaxassis.

Krishtianu Ronaldu mazkur uchrashuvda gol urmagan bo`lishiga qaramay, ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi. 

Boshqa yangiliklar