1

Qirg`iziston prezidenti Bosh vazir Abdulla Aripovni qabul qildi

Siyosat 15.08.2023, 18:20
Qirg`iziston prezidenti Bosh vazir Abdulla Aripovni qabul qildi

Bosh vazir Abdulla Aripov amaliy tashrif bilan Qirg`izistonga borgani haqida xabar bergan edik. Qirg`iziston prezidenti Sadir Japarov Bosh vazir boshchiligidagi O`zbekison hukumati delegasiyasini qabul qildi. Bu haqda O`zbekiston Vazirlar Mahkamasi Axborot xizmati xabar bermoqda .

Suhbat avvalida Bosh vaziri Qirg`iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarovga prezident Shavkat Mirziyoevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini etkazdi.

O`z navbatida, Qirg`iziston rahbari O`zbekiston prezidenti va butun o`zbek xalqini prezident saylovidagi ishonchli g`alabasi bilan yana bir bor samimiy tabriklab, o`zbek xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

Uchrashuvda Oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosini taminlash, O`zbekiston bilan Qirg`iziston o`rtasidagi ko`p qirrali munosabatlarni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investisiyalar, energetika, transport, suv va qishloq xo`jaligi hamda hududlararo hamkorlikni yanada kengaytirishga alohida e`tibor qaratish kerakligi ta`kidlandi.

O`zbekiston hukumati delegasiyasining Qirg`izistonga amaliy tashrifi davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1