1

iPhone 15 taqdimoti 12 sentyabrda bo`lib o`tadi

Hi-tech 30.08.2023, 13:10
iPhone 15 taqdimoti 12 sentyabrda bo`lib o`tadi

Apple o`zining yangi gadjet va smartfonlari taqdimotini 12 sentyabrda o`tkazadi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi. 

Tadbirda iPhone va aqlli soat modellarining yangi avlodi taqdim etilishi kutilmoqda. Taqdimot Toshkent vaqti bilan 22:00 ga belgilangan. Apple qo`ng`iroqni tugatish tugmachasini iOS 17ga ko`chirmoqchi.

16 avgust kuni Bloomberg agentligi Apple iPhone 15'ni Hindistonning Tamilnadu shtatida 

 

 

 

joylashgan Tayvanning Foxconn zavodida yig`ishni boshlagani haqida xabar bergan edi.

Yangi modelning o`ziga xos xususiyatlari yangi S9 prosessori, kengaytirilgan ekran maydoni, Pro modellari uchun titan korpus va Lightning o`rniga USB-C ulagichi bo`ladi. Forbes ma`lumotlariga ko`ra, AQShda yangi qurilmaning narxi 799 dollardan boshlanadi.Apple taqdimoti 12 sentyabrda bo`lib o`tadi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1