1

Moskvada O`zbekiston-Rossiya siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi davrasi bo`lib o`tdi

Iqtisodiyot 03.09.2023, 18:35
Moskvada O`zbekiston-Rossiya siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi davrasi bo`lib o`tdi

Moskva shahrida O`zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirliklar o`rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi davrasi bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV ma`lumotiga ko`ra, delegasiyalarga O`zbekiston tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Bobur Usmonov va Rossiya tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Mixail Galuzin boshchilik qildi.

Muzokaralarda bo`lajak ikki tomonlama tadbirlarga tayyorgarlikning borishi, eng avvalo siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi o`zaro hamkorlikning holati va istiqbollari ko`rib chiqildi.

Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi o`zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki tomonlama aloqalarning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirishga alohida e`tibor qaratildi.

Keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari munosabatlarini chuqurlashtirishga qaratilgan yangi tashabbus va takliflarni ishlab chiqish uchun tashqi ishlar vazirliklari o`rtasida muntazam aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1